Biz haqimizda

Nimba bu turli sohalar (restoran, kiyim-kechak va elektronika do‘koni, go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘koni, dorixona, klinika, mehmonxona)uchun mo'ljallangan dasturiy yechimlar. 
 

Zamonaviy, funksiyalarga boy va qulay platforma

Nimba ko'plab biznes sohalari uchun zamonaviy dizayn va talablarga ega qulay dasturlarni taqdim etadi. Platformadan foydalanish oson bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmaganlar ham bizneslarini samarali boshqarishlari mumkin. Turli sohalar uchun quyidagi dasturlar mavjud:

    Restoranlar, kafelar, go‘zallik salonlari, oziq-ovqat do‘konlari va kiyim-kechak/elektronika do‘konlari

       • Boshqaruv Paneli: Biznesni markazlashgan boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish.

       • Veb-sayt: Zamonavuy dizaynga ega veb sayt orqali yanada ko'proq mijozlarni jalb qilish va onlayn buyurtmalarni yo'lga qo'yish.

       • Mijozlar uchun ilova: Mijozlar ios va adnroid paltformalari orqali buyurtma berishni yo'lga qo'yish.

       • Sotuvchi ilovasi: Buyurtmalar va inventarni boshqarish uchun qulay vositadan foydalanish.

       • Kuryer ilovasi: Yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish va o'z vaqtida yetkazib berish.

       • POS tizimi: To‘lovlarni qabul qilish va real vaqt rejimida sotuvlar qilish va kuzatish.

       • Kiosk ilovasi: Mijozlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etish.

       • Ofitsiant ilovasi: Mijozlarga o'z vaqtida xizmat ko'rsatish.

       • Telegram bot: Mijozlarga telegram orqali buyurtma berishni yo'lga qo'yish.

    Mehmonxonalar

       • Veb-sayt: Mehmonlarni jalb qilish va mehmonxona xizmatlarini taqdim etish.

       • Boshqaruv paneli: Mehmonxona xonalarini, bron qilish tizimini va xizmatlarni boshqarish.

    Klinikalar

       • Boshqaruv paneli: Qabul jarayonlarini va tibbiy yozuvlarni soddalashtirish.

       • Veb-sayt: Onlayn qabul qilish va ma’lumot berish.

       • Mobil ilova: Bemorlar bilan muloqotni yaxshilash.

    Dorixonalar

       • Veb-sayt: Mahsulot va xizmatlar haqida ma’lumot berish.

       • Boshqaruv paneli: Inventarizatsiya, retseptlar va buyurtmalarni boshqarish.
 

Avtomatlashtirilgan biznes boshqaruvi

Nimba yordamida biznes egalari asosiy jarayonlarni avtomatlashtirib, qo‘lda bajariladigan ish hajmini kamaytirishlari mumkin. Tizim buyurtmalarni kuzatish, inventarni boshqarish, yetkazib berish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali boshqarishga imkon yaratadi. Bu esa menejer va xodimlarning mijozlar ehtiyojlariga e’tibor qaratishlari uchun ko‘proq vaqt ajratishlariga yordam beradi.
 

Har qanday biznes hajmiga moslashuvchan

Nimba kichik biznesdan tortib yirik kompaniyalargacha bo‘lgan barcha bizneslarga mos keladi. Bir nechta filiallarga ega korxonalar uchun moslashuvchan dizayn bilan ta’minlangan. 
 

Mijozlar tajribasini yaxshilash

Nimba mijozlar uchun qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratadi. QR-kodli raqamli menyu, mijozlar uchun mobil ilovalar xizmatlardan yanada tez va qulay foydalanishlari mumkin. Buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovalar orqali amalga oshirish, real vaqtda kuzatish va raqamli to‘lov imkoniyatlari mijoz qoniqishini oshirish bilan birga ularning doimiy mijozga aylanishlariga sabab bo‘ladi.
 

Ilg‘or POS va yetkazib berish boshqaruvi

Nimba tizimidagi POS tizimi to‘lov jarayonlarini tezlashtirib, savdo ma’lumotlarini real vaqtda kuzatish imkonini beradi. Kuryer ilovasi esa buyurtmalarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berishni ta’minlaydi. Ushbu vositalarning uyg‘unligi biznes jarayonlarini mukammal darajada avtomatlashtiradi.
 

Biznes sohalari bilan mustahkam hamkorlik

Nimba biznes egalari uchun innovatsion texnologik yechimlarni taqdim etish orqali ularning o‘sishiga hissa qo‘shadi. Biznes yuritishdagi qiyinchiliklarni tushunib, ularga zamonaviy yechimlarni taklif qiladi. Nimba yordamida biznesingiz samaradorligini oshirish va jarayonlarni soddalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
 

Biz bilan hamkorlik qilib, biznesingizni rivojlantiring

Nimba bilan hamkorlik qilish orqali siz biznesingizni texnologiya yordamida yangi bosqichga olib chiqasiz. Biz faqat dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilar emas, balki uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilganmiz. Biznesingiz muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni taqdim etamiz.

Agar siz restoran, kiyim-kechak va elektronika do‘koni, go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘koni, dorixona, klinika, mehmonxona bisneslarini yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo'lsangiz Nimba biznesingizni yangi darajaga ko‘tarish uchun ishonchli hamkoringiz bo‘lishga tayyor. Zamonaviy biznes boshqaruv tizimining kelajagini hozirdan his qiling va mijozlarimiz qatoriga qo‘shiling!